AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi metan "zapravka"da mashina portladi

'Qashqadaryodagi metan "zapravka"da mashina portladi'ning rasmi

Bugun, 6 may kuni soat 9:30 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Konchilar mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz (metan) quyish shoxobchasida oq rangli, Nexia-2 rusumli avtomobilning gaz balloniga gaz quyish vaqtida yorilish (portlash) sodir bo`ldi.

Viloyat IIB bergan xabarga ko`ra, hodisa natijasida avtomobil orqa qismi to`liq shikastlangan, voqea joyida yong`in sodir bo`lmagan.

Avtomashina yaqinida bo`lgan 1 nafar fuqaro engil darajada tan jarohati olgan va zudlikda tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Hozirda holat bo`yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar