AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev qo`shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Olive Beshtni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev qo`shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Olive Beshtni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 may kuni qo`shma Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik masalalari va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo`yicha vazir-delegati Olive Besht boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Mamlakatimizda Fransiyaning etakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokidagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surish va jadallashtirish masalalari ko`rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida vazir Olive Besht Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini etkazdi.

Davlatimiz rahbari bugun kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida o`tgan Hukumatlararo komissiya yig`ilishi hamda “Medef” harakati ishbilarmonlar missiyasi joriy yil aprel oyida mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

“Yashil” iqtisodiyot, qazib chiqarish tarmog`i, turizm infratuzilmasi va kommunal tarmoqlarni modernizasiya qilish, boshqa ustuvor yo`nalishlarda amalga oshirilayotgan strategik loyihalar izchil borayotgani qayd etildi.

Fransiya kompaniyalarida shaharsozlik, transport, to`qimachilik sanoati, yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo`yicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqishi ortib bormoqda.

O`zbekiston etakchisi O`zbekiston-Fransiya savdo palatasini ta`sis etish va ishbilarmonlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish borasidagi rejalarni qo`llab-quvvatladi.

    Boshqa yangiliklar