Qozog`istonning Qizilo`rda shahridagi qurilish maydonida o`zbekistonlik ishchi halok bo`ldi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar departamentining aniqlik kiritishicha, fojia do`kon qurilishi vaqtida sodir bo`lgan.
“Shu yilning 4 may kuni soat 15:11 da Qizilo`rda shahrining Turequlov ko`chasida ikki qavatli do`kon qurilishi vaqtida 1996 yilda tug`ilgan ishchining (O`zbekiston Respublikasi fuqarosi) ustiga yog`och shift qulab tushdi. Erkak voqea joyida vafot etdi. Jasad vayronalar ostidan olib chiqildi”, deyilgan xabarda.
Marhumning shaxsi va qaysi viloyatdan ekaniga aniqlik kiritilmagan.






