AsosiyJamiyat

"Yangi O`zbekiston" istirohat bog`i yaqinidagi yo`l bir necha soatga yopiladi

'"Yangi O`zbekiston" istirohat bog`i yaqinidagi yo`l bir necha soatga yopiladi'ning rasmi

"Yangi O`zbekiston" bog`i va unga tutash hududda City Run havaskorlar uchun xalqaro yugurish musobaqasi o`tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar qildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 6 may kuni soat 17:30 dan 20:00 ga qadar Yangi O`zbekiston ko`chasining Jasorat ko`chasi bilan kesishmasidan Chirchiq daryosi ko`prigigacha bo`lgan qismi transport vositalarining harakati uchun yopiladi.

"Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va aylanma ko`chalardan foydalanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar