AsosiyJamiyat

Nukusdagi tartibsizlar buyicha sudlangan 21 nafar shaxs ishi apellyasiya tartibida ko`rib chiqilmoqda

'Nukusdagi tartibsizlar buyicha sudlangan 21 nafar shaxs ishi apellyasiya tartibida ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

Komissiya a`zolari 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni  sodir etganlikda ayblangan shaxslarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishlari bo`yicha o`tkazilgan birinchi instansiya sud muhokamalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan edi.

Komissiyaga, ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 22 nafar shaxsning ayrimlari tomonidan Komissiya a`zolari apellyasiya sudida ham ishtirok etishlari yuzasidan iltimosnomalar kelib tushgan.

2023 yilning 5 may kuni Oliy sud zalida 21 nafar shaxsga nisbatan apellyasiya sud jarayonlari   boshlandi. Ma`lumot uchun: sudlanganlardan biri Polat Shamshetov vafot etgan

Sud jarayonlarida Mustaqil komissiya a`zolari ishtirok etishmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Nukus voqealari bo`yicha sudlangan 16 kishining advokatlari sudga apellyasiya shikoyati kiritgani xabar qilingan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar