AsosiyJinoyat

Nukusda Trailblazer'ni olib qochgan erkak avtohalokatga uchradi

'Nukusda Trailblazer'ni olib qochgan erkak avtohalokatga uchradi'ning rasmi

1 may kuni soat 01:40 larda noma`lum shaxs Nukus shahri G`ayri nag`s ko`chasida joylashgan 39 yoshli X.R.ga tegishli qurilishi tugallanmagan uy garaji oynasini sindirib, kirib “Trailblazer” avtomashinasini olib qochib ketgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan “Trailblazer” rusumli avtomashina, noma`lum shaxs tomonidan Nukus tumani hududidagi yo`l chetidagi daraxtga urilib, ag`darilgan holda topilgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyida avtomashinada bo`lgan noma`lum shaxs qo`lga olinib, uning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u muqaddam sudlangan 31 yoshli M.A. ekanligi va u o`ta mast holdaligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan M.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

"Tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar