Xorazm viloyatida sodir bo`lgan YTHda bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, joriy yilning 30 aprel kuni Urganch shahar "Obi hayot" mahallasi hududidan o`tgan Al-Beruniy ko`chasida YTH sodir bo`lgan.
Aniqlanishicha, Urganch shahrining O`zbekiston ovozi ko`chasida yashovchi 27 yoshli fuqaro Spark rusumli avtomashinasini katta tezlikda boshqarib borayotib, ehtiyotsizlik sabab xavfli burilishda boshqaruvni yo`qotgan. Oqibatda yo`ldan chiqib ketib, yo`l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Mazkur YTH natijasida avtomobil ichida bo`lgan 39 yoshli yo`lovchi halok bo`lgan.






