AsosiyJamiyat

Farg`onada o`qituvchi o`quvchisining onasi tomonidan kaltaklandi (video)

'Farg`onada o`qituvchi o`quvchisining onasi tomonidan kaltaklandi (video)'ning rasmi

Farg`ona viloyati Toshloq tumanidagi maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`quvchisining onasi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “BuKun” dasturida ma`lum qilindi
 

Xabarga ko`ra, holat Toshloq tumanidagi 38-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lgan. Asli andijonlik bo`lgan 33 yoshli ayol o`quvchilarning ko`z o`ngida o`qituvchini haqoratlagan. 

Voqea sodir bo`lgan kuni maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`quvchi qizga maktabga ota-onasi bilan kelishini aytib, talab qo`ygan. Bu esa qizning onasini g`azablantirgan. Shundan so`ng kelib janjal ko`targan. 

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan 6 million so`m miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Apellyasiya sudida ayol vaqtincha ishsiz bo`lgani uchun jarimani to`lay olmasligini aytgan. Lekin o`qituvchidan kechirim so`ramagani uchun sud qarori o`zgarishsiz qoldirilgan.

    Boshqa yangiliklar