AsosiyJamiyat

O`zbekiston Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo`yicha referendumda ovoz berish boshlandi

'O`zbekiston Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo`yicha referendumda ovoz berish boshlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo`yicha referendumda ovoz berish boshlandi.

Soat 08:00 da respublika bo`ylab tashkil etilgan 10 758 ta uchastka o`z eshiklarini ochdi. Referendumda ovoz berish 12 soat davom etib, O`zbekiston hududida soat 20:00 da o`z nihoyasiga etadi.

Ma`lumot o`rnida, saylovchilar ro`yxatiga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqaro kiritilgan. Shu bilan birga, xorijiy davlatlarda mamlakatimizning 307,8 ming nafar  fuqarolari ro`yxatga olingan.

O`zbekistonda ovoz berish jarayonini kuzatish uchun xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning 383 nafar vakili tashrif buyurgan. 964 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari referendumni yoritishda ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar