Kecha, 28 aprel kuni Buxoro shahar, “G`. G`ulom” MFY Ibn Sino ko`chasi yo`l yoqasida joylashgan “Sharof gaz servis” MChJga qarashli avtomobillarga gaz ballonlarini o`rnatish va texnik xizmat ko`rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Buxoro FVB xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishichk, holat yuzasidan voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilindi. Shifokorlarning dastlabki tashxisiga ko`ra fuqarolar 1985 y.t. S.Sh. va 1986 y.t. K.Sh.lar kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali kuyish bo`limiga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli og`ir. Voqea sababi o`rganilganda, xizmat ko`rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz ballonini ta`mirlash jarayonida gaz balloni yorilib, ustaxonaning eshik va derazalarining sinib, shikastlanishiga olib kelgan.






