"OLX" savdo platformasida "Toshkent shahri sotiladi!" sarlavhasi bilan e`lon joylashtirildi va uning boshlang`ich narxini 250 milliard AQSh dollari deb belgilagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e`tirozlarga sabab bo`lgan ushbu e`lon IIV Kiberxavfsizlik xizmati tomnidan o`rganilganda e`lonni joylashtiruvchi shaxs 15 yoshli o`quvchi A.A. bo`lib chiqdi. 8-sinf o`quvchisi bu ishni shunchaki hazil uchun qilganini, bunday salbiy muhokamalar keltirib chiqarishi mumkinligini o`ylab ko`rmaganini qayd etgan.
"OLX" savdo platformasi bosh direktorining aytishicha, e`lon bir necha daqiqadan so`ng bloklangan.
Mutaxassis foydalanuvchilardan e`lonlarni joylashtirishda barcha ma`lumotlar to`g`ri va haqqoniy bo`lishiga e`tibor qaratishlarini so`ragan.






