Avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada ishlab chiqarilgan yadro yoqilg`isining "Akkuyu" AES 1 blokiga etkazilishi munosabati bilan o`tkaziladigan marosim oldidan Rossiya va Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilishi haqida xabar bergandi.
“Biz Putin va Erdog`an o`rtasidagi telefon suhbatini kutmoqdamiz, shundan so`ng Turkiya prezidenti Erdog`an bilan Rossiyada ishlab chiqarilgan yadro yoqilg`isini Rossiyaning 1-energoblokiga etkazib berish munosabati bilan o`tkaziladigan marosimda (tadbir videokonferensiya orqali o`tkaziladi) birgalikda ishtirok etadi”, — degandi Peskov.
Oradan ko`p o`tmay, Dmitriy Peskov ikki davlat etakchilari suhbatlashgani va undagi asosiy bayonotlarni ochiqladi deb xabar bermoqda Zamon.uz nashri.
Unga ko`ra:
— Kreml Erdog`anning sog`lig`i bilan bog`liq “qiyinchiliklar”dan bexabar, ular Putin bilan mazmunli muloqot tayyorlamoqda;
— Putin va Si Szinpin o`rtasidagi aloqalar yaqin kelajakda rejalashtirilmagan;
— Si Szinpin va Zelenskiy o`rtasidagi suhbat Xitoy va Ukrainaning suveren ishi;
— Xitoy etakchisi Moskvaga tashrifi chog`ida Putin bilan Ukrainaning 1991 yilgi chegaralari doirasida hududiy yaxlitligini tiklash mavzusini muhokama qilmagan;
— Si Szinpin va Zelenskiy o`rtasidagi suhbatga kelsak, Rossiya Federasiyasi Ukrainadagi mojaroning tugashini va maxsus operasiya maqsadlariga erishishni yaqinlashtiradigan barcha narsani olqishlaydi;
— Rossiya diplomatlarining Evropadan chiqarib yuborilishi javob choralarisiz qolishi mumkin emas. Ammo bu davlatlar o`rtasidagi munosabatlarning tanazzulga uchrashiga sabab bo`layotgan navbatdagi qadamdir.






