Xorazmda to`rtinchi farzandiga homilador residivist ayol yana jinoyatga qo`l urdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
U joriy yilning 23 mart kuni soat 12:00 larda Hazorasp universal savdo kompleksida joylashgan savdo do`konida kassa ichida bo`lgan jami 2.5 mln. so`m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa bo`lgan joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Hazorasp tumanida yashovchi muqaddam joriy yilning 15 mart kuni JIB Hazorasp tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`irlik) bilan aybli deb topilgan va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 37 yoshli J.Z. (ayol) tomonidan sodir etganligi aniqlanib, undan 2.5 mln. so`m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Hazorasp tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov natijasiga ko`ra, J.Z.ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayb e`lon qilinib, va u homiladorligini inobatga olgan holda, unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida “munosib hulq-atvorda bo`lish to`g`risida tilxat” tanlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko`rib chiqishlik uchun JIB Hazorasp tuman sudiga yuborilgan.






