AsosiyDunyo

Kreml 2024 yilda Rossiyada prezidentlik saylovlari o`tkazilishini tasdiqladi

'Kreml 2024 yilda Rossiyada prezidentlik saylovlari o`tkazilishini tasdiqladi'ning rasmi

Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo`lib o`tishi, unga tayyorgarlik esa shu yil boshlanishini ma`lum qildi.

Dmitriy Peskov “dunyodagi vaziyat fonida bosim va saylovlarga aralashishga urinishlar kuchayishini” ta`kidladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

"Har qanday saylov, ayniqsa, davlat rahbari saylovi nihoyatda muhim. Prezident Federal Majlisga murojaatida bo`lajak munisipal va prezidentlik saylovlariga o`z munosabatini bildirdi. Shuning uchun saylovlar bo`lib o`tadi", dedi Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Fevral oyidagi murojaatida Putin sentyabrda mahalliy va mintaqaviy saylovlar hamda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari qat`iy qonunchilik asosida o`tkazilishini aytgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar