Bugun Toshkentning Yakkasaroy, Yashnobod hamda Yunusobod tumanlari hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub`ektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o`chirildi.
Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Quyida elektr energiyasidan uziladigan hududlar ro`yxati bilan tanishing:
Yunusobod tumanining – Usta Shirin, F.Kamol, S.Abdulla, Jalilov, Kislovodskiy hamda Iftixor ko`chalarida;
Yashnobod tumanining – Fidokor, Ibrat, Iftoxor, Avezov, Murabbiy, Yangihayot, Darxon, Ilg`or, Tolariq, Xonariq, Pungan, Chinor, Donishmand, Abay, Yangi Iqbol, Serikbaev, Abadiyat, Tuzel, M. Avezov, Go`zal, Temir yo`l, Jarboshi ko`chalarida;
Yakkasaroy tumanining – “Yakkasaroy” mahallasining Yakkasaroy, Yakkasaroy 1-, 2-, 3-tor hamda Spitamen ko`chalari, “Muqimiy” MFYning Yoqut, Xazinabog`,Sirojiddinova ko`chalari, shuningdek, “A.Qahhor” MFYning Xumo, Damariq 2-tor va A.Qahhor 5-tor ko`chalaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o`chirildi.






