Rim Papasi Fransiskga Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchilarining imzosi tushirilgan futbolkani sovg`a qilindi. Bu haqda Webola nashri xabar bermoqda.
Rim Papasi “Mustahkam” nomli dasturni amalga oshirayotgan Ispaniya delegasiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida delegasiya tarkibida bo`lgan “Barselona” vakili Xordi Kardoner Rim Papasiga futbolkani taqdim qildi.
Qayd etish kerakki, Rim Papasi futbolga qiziqadi. Pontifik Argentinaning “San-Lorenso” klubining ishqibozi hisoblanadi.





