Qozog`iston esa bu yil G`alaba kunidagi paraddan o`tmaydi. Bu haqda Qozog`iston Mudofaa vazirligi xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, bu qaror iqtisodiy vositalar bilan bog`liq.
“Qozog`iston Mudofaa vazirligi iqtisodiy vositalar va qarorlar bilan 7 mayda nishonlanadigan Vatan milliy kuni va 9 may G`alaba kuni harbiy parad o`tkazishni rejalashtirmayapti”, — deyiladi xabarda.
Latviya ham 9 mayni G`alaba kun bayrami sifatida nishonlashni taqiqlagan edi. Shu kuni mamlakatda Evropa kuni nishonlanadi, deb xabar bermoqda 360 telekanali.






