Toshkentdagi ko`p qavatli uylardan birida yashayotgan 16 yoshli qiz o`zini 3-qaatdan tashlab yubordi. Bu haqda "Millar" ko`rsatuvida xabar qilindi.
Ma`lum qilinishicha, qiz poytaxtga uzoq viloyatlarning biridan kelib yashayotgan bo`lgan. U Toshkentda nima maqsadda istiqomat qilishi, qaerda o`qishi, nima ish bilan shug`ullanishi haqida hozircha ma`lumot yo`q. Hodisa sodir bo`lgan kuni u o`zi bilan birga yashayotgan qizlar bilan kelisha olmay janjallashib qoladi va janjal sabab o`zini derazadan pastga tashlaydi.
Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Unga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan, jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan. Hozirda qiz sun`iy nafas olish apparatida qolmoqda.






