AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bir qator ovqatlanish tarmoqlari kurerlariga 200 ta velosiped tarqatildi

'Toshkentdagi bir qator ovqatlanish tarmoqlari kurerlariga 200 ta velosiped tarqatildi'ning rasmi

O`zbekiston Savdo-sanoat palatasida joriy yilning 23 aprel kuni bir qator tez ovqatlanish tarmoqlari kurerlariga 200 ta velosiped taqdim etish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad umumiy ovqatlanish sohasida kichik va o`rta biznes sub`ektlariga ko`maklashish, ish o`rinlari yaratish va aholi bandligini ta`minlash, faol va tashabbuskor yoshlarni, shuningdek, sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash, ekologik toza transport turini rivojlantirishdan iborat.

Tadbirni O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov kirish so`zi bilan ochib berdi. U o`z nutqida velokurerlik xizmatlarini rivojlantirish mahalliy tadbirkorlik sub`ektlariga katta iqtisodiy foyda keltirish bilan birga, aholi bandligini ta`minlashda muhim rol o`ynashini ta`kidladi.

Tadbirda bir qator kompaniyalar vakillari ham ishtirok etishdi.

Ta`kidlash joizki, kurerlardan faqat hujjatlar yoki posilkalarni etkazib berish uchun foydalanilgan davrlar allaqachon o`tib ketgan. Bugun bu usul yordamida ko`plab turdagi mahsulotlarni etkazib berish mumkin. Velosiped yordamida oziq-ovqat etkazib berish esa katta talabga ega. Bu xizmat turli ob-havo sharoitlarida va kun bo`yi faoliyati olib borishi mumkin. Mijozlarning mamnuniyati esa sohani yanada rivojlantirish kerakligidan dalolatdir.

Velosiped dunyo bo`ylab eng keng tarqalgan transport turi bo`lib, undan bir milliarddan ortiq aholi foydalanadi. Bunday mashhurlik boshqarish qulayligi, harakat xavfsizligi bilan bog`liq bo`lib, velosiped yirik shaharlarda tirbandliklardan tez o`tib olishga yordam beradi. Bu afzalliklar esa kurerlarni velosipeddan faol foydalanishga chaqiradi.

Velosipedda yuradigan xodim piyoda yuradigan xodimga qaraganda 2-2,5 baravar tezroq harakatlanadi, bu esa buyurtmalar sonini 1,5 baravarga oshiradi, bu orqali foyda ham ko`payadi. Etkazib berish xizmatlari uchun velosipeddan foydalanish boshqa transport turlariga qaraganda, bir qator afzalliklarga ega. Xususan, velosiped tejamkor, qulay, ekologik toza va sog`liq uchun foydali hisoblanadi.

Mijozlar tezkorlikni qadrlaydi, velosiped esa tirbandlik va kollapsni chetlab o`tib, manzilga tezda etib boradi. Velosipeddagi kurer har qanday tirbandlikdan o`tib, tor yo`laklar orqali marshrutlarni kesib, mahsulotni o`z vaqtida etkazib beradi.

    Boshqa yangiliklar