Gresiya prezidenti parlamentni tarqatib yuborish va uning saylovlarini 2023 yil 21 mayda o`tkazish to`g`risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
“Biz saylovlar natijasida tuzilgan parlamentni 2023 yil 1 iyun kuni soat 11:00 da chaqiramiz”, — deyiladi hukumat hujjatida.
Parlamentning birinchi majlisida yangi deputatlar qasamyod qiladi, ertasi kuni, 2 iyun kuni yangi parlament raisni saylaydi.
Bosh vazir mamlakat prezidenti bilan uchrashib, hukumatning to`rt yillik vakolati yaqinda tugashi munosabati bilan parlamentni tarqatib yuborishni va 21 mayga milliy saylovlarni belgilashni so`radi. Uning so`zlariga ko`ra, fuqarolar saylovda hukumatning butun davrini baholay oladilar va kelgusi to`rt yil davomida kim hukmron bo`lishini hal qiladilar.






