Toshkent viloyatining Olmazor tumanida 19 aprel kuni Matiz piyodalarni urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Hodisa soat 12:30 larda Olmazor tumani Beruniy ko`chasida yuz bergan. 1969 yilda tug`ilgan M.N. Matiz rusumli avtomashinasi bilan yo`lni kesib o`tayotgan piyodalarni urib yuborgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB qidiruv va surishtiruv bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






