Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida shatakka olib ketilayotgan Labo rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinishicha, 15 aprel kuni soat 12:03 larda Qarshi shahar “Xudoyzod” MFY, Tafakkur ko`chasida Labo avtomobilining yonayotgani to`g`risida FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong`in-qutqaruv bo`linmasi soat 12:11 da etib borgan va yong`in to`liq soat 12:17 da o`chirgan.
Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi fuqaro S.B.ga tegishli oq rangli Labo shatakka olib ketilayotgan bo`lgan.
Yong`in elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yuzaga kelgani tahmin qilinmoqda.
Yong`indan tan jarohati olganlar yo`q.






