Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida mamlakat parlamentining sobiq deputati Atik Ahmad akasi bilan birga televideniening jonli efiri vaqtida otib o`ldirildi. Bu haqda “Daily Mail”xabar berdi.
E`lon qilingan videodan ko`rish mumkinki, Atik Ahmad jurnalistlar bilan suhbatlashish uchun to`xtagan vaqtda otib tashlangan. Qurollangan shaxslar uning yonidagi akasini ham otib ketgan.
Mazkur hodisa hibsga olingan Ahmad sud qarori bilan tibbiy ko`rikdan o`tish uchun kuzatib borilayotgan vaqtda sodir bo`lgan. Unga nisbatan 100 dan ortiq jinoiy ish qo`zg`atilgan edi.
Polisiya xodimi Ramit Sharmaning aytishicha, uch nafar hujumchi o`zini jurnalist sifatida ko`rsatib, motosiklda kelgan.
“Ular intervyu olish bahonasida Atik va uning akasiga yaqinlashishga muvaffaq bo`ldi va ularga yaqin masofadan o`q uzdi. Bularning barchasi bir necha soniya ichida sodir bo`ldi”, deydi polisiya xodimi.






