Bugun, 16 aprel kuni Qozog`istonning Xitoy bilan chegarasiga yaqin joyda 2 ta zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmologik tajriba-metodik ekspedisiyasiga tayanib, “Central Asia” xabar berdi.
Birinchi er silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 7:40 da Olmaotadan 325 km sharqda qayd etilgan. Zilzila 4 magnitudali bo`lib, uning o`chog`i 15 km chuqurlikda joylashgan. Sezuvchanlik haqidagi ma`lumotlar berilmagan.
Shuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 8:55 da yana bir er qimirlashi Olmaotadan 43 km sharqda yuz berdi. Uning magnitudasi 3,8 ballni tashkil qildi. Boshqa ma`lumotlar keltirilmagan.






