Toshkent shahrining Sergeli tumanida 14 aprel kuni ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Hodisa soat 22:20 larda Sergeli tumani Qumariq ko`chasida yuz bergan. 1996 yilda tug`ilgan S.D. "Cobalt" rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, 1989 yilda tug`ilgan S.P. boshqaruvidagi harakatsiz to`xtab turgan "MAN" rusumli yuk mashinasining tirkamasi bilan to`qnashib ketgan.
YTH oqibatida "Cobalt" haydovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.






