AsosiyDunyo

Amerika dunyodagi eng yirik raketani birinchi orbital parvozini amalga oshiradi

'Amerika dunyodagi eng yirik raketani birinchi orbital parvozini amalga oshiradi'ning rasmi

Amerikaning SpaceX kompaniyasi o`zining 17 aprel kuni o`tkazmoqchi bo`lgan o`ta og`ir Starship raketasining birinchi orbital parvozini amalga oshirish uchun lisenziya oldi, bu haqda AQSh Federal aviasiya ma`muriyati (FAA) saytida xabar berilgan.

Lisenziya matniga ko`ra, SpaceX Texasdagi uchirma maydonchasida Starship-Super Heavy raketasini uchirishga tayyorgarlikni o`tkazish va  keyinchalik parvozni amalga oshirish huquqini oldi.

Raketa tizimi Ship 24 kosmik kemasi va Super Heavy tashuvchisidan iborat. Uning balandligi 120 m ga bo`lib, dunyodagi boshqa raketalardan eng yirigidir. Super Heavy tashuvchisi NASAning Oyga parvoz qilish uchun yaratilayotgan Space Launch System (SLS) og`ir raketasidan ikki baravar kuchli.

Sinov parvozi uchuvchisiz rejimda amalga oshiriladi.

Parvoz 17 aprel kuni AQShning Sharqiy qirg`og`i vaqti bilan 08:00 da ochiladigan 150 daqiqalik vaqt oralig`ida Texasning janubi-sharqidagi SpaceX kompaniyasi maydonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Birinchi parvoz doirasida raketa Er atrofida bir marta aylanadi. Keyin Gavayi orollari yaqinidagi Tinch okeaniga tushadi.

Kelajakda SpaceXning ushbu  raketasidan Oy va Marsga amalga oshiriladigan missiyalar uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar