AsosiyJamiyat

Buxoroda fohishaxona ochish bilan shug`ullangan ayol yana qo`shmachilik qilayotganida qo`lga olindi

'Buxoroda fohishaxona ochish bilan shug`ullangan ayol yana qo`shmachilik qilayotganida qo`lga olindi'ning rasmi

Fohishaxona saqlash jinoyatini o`ziga kasb qilib olgan ayol tezkor tadbir davomida yana qo`lga tushdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 30 mart kuni soat 15:30 larda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurash” tadbiri davomida Buxoro tumani "Urganjixona" qishlog`ida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan R.H. muqaddam O`zbekiston Respublikasi JK.ning 135-moddasi 2-qismi bilan sudlangan bo`lsada, "mijoz" sifatida borgan erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun g`arazli va boshqa past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo`lish maqsadida A.D. ismli ayolni topib berib, buning evaziga undan 500.000 so`m naqd pullarni olib, qo`shmachilik jinoyatini sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu ayolga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar