Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida mas`ul lavozimda ishlagan mansabdor shaxs pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasiga Jizzax shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, kasb-hunarga o`qitganlik to`g`risidagi sertifikat tayyorlab berish evaziga pora talab qilinayotganini avvaldan ma`lum qiladi.
Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida mas`ul lavozimda ishlab kelgan Shapag`boy Shirpiqulov kasbga o`qitish bo`yicha sertifikat tayyorlab berish evaziga (IIBga ariza bilan murojaat qilgan) fuqarodan xizmatlari evaziga 400 AQSh dollari berishini talab qilgan.
Viloyat IIB mutasaddi xodimlari bilan kelishilgan holda tezkor tadbir o`tkazilib, Shapag`boy Shirpiqulov Mirzacho`l tumani kasb-hunar markaziga tegishli mutaxassislik sertifikatini soxtalashtirgan holda, 400 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lib, oldindan 1 million 100 ming so`mini – 100 AQSh dollari hisobida olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






