AsosiyDunyo

Xitoyda parranda grippidan ilk o`lim holati qayd etildi

'Xitoyda parranda grippidan ilk o`lim holati qayd etildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dunyoda parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirgandi. 

Kuni kecha tashkilot Xitoyda H3N8 virusidan ilk o`lim holati qayd etilganini ma`lum qildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Marhuma — Guandun provinsiyasida yashovchi 56 yoshli ayol edi. U pnevmoniya alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilib, H3N8 ni yuqtirgani aniqlangan.

Achinarlisi, ko`rsatilgan tegishli muolajalarga qaramay, bemor ikki hafta o`tgach, shu erda hayotdan ko`z yumdi. Aniqlanishicha, ayol bozorda kasallangan parranda bilan muloqotda bo`lgan.

Epidemiologlarning qayd etishicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo`lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.

 

    Boshqa yangiliklar