Bugun O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Baland tog`larda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo`ladi.






