Kelgusi o`n yillikda dunyo aholisi yangi pandemiyaga duchor bo`lishi mumkin. Bu haqda mutaxassislarga tayanib, Bloomberg nashri yozmoqda deya xabar berdi Zamon.uz.
Viruslar tez-tez paydo bo`lganligi sababli keyingi o`n yillikda COVID-19 kabi halokatli pandemiya boshlanishi ehtimoli 27,5 foiz. Bunga iqlim o`zgarishi, xalqaro sayohatlar sonining ko`payishi, aholi soni va boshqa kasalliklar xavfi sabab bo`lmoqda.
Maqolada qayd etilishicha, sog`liqni saqlash mutaxassislari hozirda yangi potensial global tahdidga tayyorlanyapti. H5N1 parranda grippining tez tarqalishi ham xavotirga sabab bo`lmoqda. Hozirgacha bu faqat bir nechta odamda aniqlangan bo`lsada, qushlarda kasallanishning tez avj olishi va sutemizuvchilarda infeksiyalarning ko`payishi olimlar hamd hukumatlarda tashvish uyg`otdi. Virus mutasiyaga uchrashi, shu orqali uning tarqalishini tezlashishi mumkin.






