AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yuk mashinasi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida pastlikka qulab, yonib ketdi (video)

'Qashqadaryoda yuk mashinasi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida pastlikka qulab, yonib ketdi (video)'ning rasmi

Bugun, 14 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Taxtaqoracha” dovonida Isuzu avtomobili pastlikka qulab, yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, soat taxminan 09:45 larda Kitob tumanidan o`tuvchi “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil yo`lining 1139-kilomertida Samarqand – Qashqadaryo yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili haydovchisi o`zining ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotib pastlikka tushib ketgan. Oqibatda yong`in chiqib, transport vositasi yonib ketgan.

Vaziyat bo`yicha qutqaruvchilar guruhi manzilga etib borib, sodir bo`lgan yong`in oqibatlarini bartaraf etgan. 

Xabarda aytilishicha, yuk mashinasida bo`lgan 24 yoshli fuqaro O.A. hamda unga hamrohlik qilayotgan fuqaro A.O. mashinadan sakragan. Sakrashi oqibatida ular tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

    Boshqa yangiliklar