Ertaga, 15 aprel kuni O`zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, do`l yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 21-23 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Farg`ona viloyatida ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo`ladi.






