AsosiyJinoyat

Toshkentda xalqaro terroristik tashkilot a`zolari bo`lgan uch nafar erkakka hukm o`qildi (video)

'Toshkentda xalqaro terroristik tashkilot a`zolari bo`lgan uch nafar erkakka hukm o`qildi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida xalqaro terroristik tashkilot a`zolari bo`lgan uch nafar erkakka sud hukmi o`qildi.  Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko`ra, 1995-1996-1999 yilda tug`ilgan sudlanuvchilar bir guruh bo`lib, belgilangan tartibni buzib, chet elga chiqish, aholi tinchini buzish, terrorizm va shunga o`xshash boshqa holatlar bilan bog`liq jinoyatlarni sodir etgan. Shuningdek, ular qo`lbola usulda yasaluvchi portlovchi uskuna va moddalarni yasashni o`rganish maqsadida guruhga birlashgan. Ular xalqaro terroristik tashkilotning g`oyalarini qo`llab-quvvatlab kelgan. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudida diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekistonga kirish, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o`quvdan o`tish, chiqish yoki harakatlanish. O`zbekistonning konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, terrorizmni moliyalashtirish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilgan shaxslarga oid jinoyat ishi ko`rib chiqildi. 

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

    Boshqa yangiliklar