AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabda o`quvchisi 3-qavatdan tushib ketgan holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar berildi

'Toshkentdagi maktabda o`quvchisi 3-qavatdan tushib ketgan holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar berildi'ning rasmi

Biroz avval, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 289 maktabning 11-sinf o`quvchisi (o`g`il bola) o`zini 3-qavatdan pastga tashlagani, keyin tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgani aytilgan xabar bergan edik.

Ma`lum qilinishicha, hodisa 2023 yil 14 aprel kuni taxminan soat 10:15 larda maktabda sodir bo`lgan.

Katta tanaffus chog`ida 11-sinf o`quvchisi S.A. maktabning ichki bino qismi 3-qavati oynasidan tashqariga qaraganida o`z muvozanatini yo`qotgan va pastga tushib ketgan.

O`quvchilar bu haqda maktab ma`muriyatini xabardor qilishgan. Shu zahotiyoq maktab hamshirasi o`quvchi S.A.ga birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan. So`ngra tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga etkazilgan. Ayni paytda S.A.ning salomatligi yaxshi va jarohat olmagan.

Hozirda holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar