Ijtimoiy tarmoqlarda do`konlarda sotilayotgan mahsulotlar haqida tanqidiy chiqishlari uchun "Activist" bloger15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur ish bo`yicha 2023 yil 14 aprel kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasiga huquqbuzar H. N. ning advokat S. Ishpulatov tomonidan apellyasiya shikoyati kelib tushgan.
Qayd etilishicha, sud majlisi 2023 yil 14 aprel soat 15:00 ga tayinlangan.
Huquqbuzar H. N. tomonidan advokatning shikoyatini ko`rmasdan qoldirish haqidagi ariza keltirilganligi sababli, MJtKning 324-4 va 324-8-moddalariga asosan, apellyasiya shikoyatini ko`rmasdan qoldirib, apellyasiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida qaror chiqarildi.






