Bugun Samarqandda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Unda Samarqand 2024 yilda MDHning madaniy poytaxtiga aylanishi mumkinligi ma`lum qilingan.
MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev MDHning 2024 yilgi madaniy poytaxti maqomi Samarqand shahriga, Yoshlar poytaxti maqomining esa Toshkent shahriga berilishi O`zbekistonning MDH doirasidagi o`zaro hamkorligimizdagi faol ishtirokining yorqin dalili ekanligini aytgan.
Ta`kidlanishicha, ushbu masala MDH davlat rahbarlari kengashi muhokamasiga kiritiladi.






