AsosiyJamiyat

Ertaga ob-havo 37 darajagacha ko`tariladi

'Ertaga ob-havo 37 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

Ertaga, 14 aprel kuni O`zbekiston hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda  esa 37 darajagacha ko`tariladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Arim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja, ba`zi joylarda 37 darajagacha iliq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar