AsosiyJamiyat

“Tolibon” vakillari Samarqandga keldi

'“Tolibon” vakillari Samarqandga keldi'ning rasmi

Afg`onistonga qo`shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining to`rtinchi uchrashuvi munosabati bilan “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy O`zbekistonga jo`nab ketdi. 

Twitter`da Amirxon Mutaqqiy boshchiligidagi “Tolibon” delegasiyasining surati e`lon qilindi.

“Tolibon” TIV matbuot kotibi o`rinbosari Hofiz Ziyo Ahmadning so`zlariga ko`ra, Muttaqiy qo`shni davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazishi kutilmoqda. 

Biroq “Tolibon” TIV matbuot kotibi o`rinbosari Mutaqqiy aynan qaysi davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazishiga aniqlik kiritmagan.

“Tolibon” Afg`onistonga qo`shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining oldingi uchta uchrashuviga taklif qilinmagan edi. Bu safargi yig`ilish “Tolibon” vakili ishtirokida bo`lib o`tadi. Avvalgi uchrashuvlarda Afg`onistonning shimoliy qo`shni davlatlari mamlakat chegaralari orqali terrorchilik tahdidlari va giyohvand moddalar savdosi kuchayib borayotganidan xavotir bildirishgan. 

Bugungi yig`ilish “Tolibon” Kobulni egallab olganidan keyin Afg`onistonga qo`shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining to`rtinchi uchrashuvidir.

    Boshqa yangiliklar