O`zbekiston bugun o`z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo`ymoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha`ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishi, bir so`z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g`oyasi asosida Bosh qomusimizning yangi tahririda sifatli ta`lim va tibbiy xizmat, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamni qo`llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi tizimini yaratish, ishsizlikdan himoyalanish, uy-joyga ega bo`lishga qaratilgan yangi kafolatlar Yangi O`zbekiston insonparvar siyosatining yorqin ifodasidir.
Ma`lumki, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini qo`llab quvvatlash, ularning hayotda o`z o`rnini topishlariga ko`mak ko`rsatish ijtimoiy davlatning muhim funksiyalaridan biridir. Ayniqsa, muhtoj insonlarni vatan ichra vatani bo`lgan uy-joy bilan ta`minlash bo`yicha amalga oxirgi yillarda oshirilayotgan islohotlar aynan shu
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2022 yil 20 iyundagi Konstitusiyaviy komissiya a`zolari bilan uchrashuvda “Konstitusiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo`lgan huquqlarini himoya qilish, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta`minlash bo`yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur”, deb ta`kidlagan edi.
Shu bois, yangilanayotgan Konstitusiyamizning 47-moddasida“Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta`minlash tartibi qonunda belgilanadi”, deganyangi insonparvar norma mustahkamlanmoqda. Bunday norma Shveysariya, Finlyandiya, Portugaliya, Polsha kabi davlatlarning ham konstitusiyalariga kiritilgan.
Ta`kidlash joizki, aholini bozor tamoyillariga ipoteka krediti orqali uy-joy bilan ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga asosan yangi tartib joriy etilgan.
Unga ko`ra, fuqarolarning barcha qatlamlariga teng shartlar asosida birlamchi uy-joy bozorida qurib bitkazilgan ko`p kvartirali uylardagi kvartiralardan erkin tanlash huquqi bilan ipoteka krediti asosida sotib olishlari uchun sharoit yaratib berilgan.
Shunindek, daromadi yuqori bo`lmagan fuqarolarni ipoteka kreditlari bo`yicha davlat byudjetidan subsidiya (moliyaviy ko`mak) ajratish tartibi joriy etildi.
Unga ko`ra, yoshlar birlamchi uy-joy bozorida qurib bitkazilgan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olishlarida ipoteka krediti bo`yicha boshlang`ich badal va foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiya to`lab beriladi.
Ipoteka krediti va subsidiya ajratishda kvartira tanlash yoshlarning o`zlarini hoxishlariga ko`ra amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, “mehribonlik” uylarining bitiruvchilarini, nogironligi bo`lgan shaxslarni, kam ta`minlangan oilalarni, ayniqsa alohida yordamga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlash, ularga subsidiyalar berish, uylarnin dastlabki badallarini to`lab berish, imtiyozli va uzoq muddatli ipoteka kreditlar berish kabi insonparvar siyosat amalga oshirilmoqda.
Xususan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lganlarga ipoteka krediti bo`yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobiga subsidiyalar to`lanishi belgilandi. Yangi tartib doirasida 2020-2022 yillarda jami 27800 nafar fuqaroga 795,6 mlrd. so`m va 38 811 nafar fuqaroga 429,4 mlrd. so`m foiz to`lovlari bir qismi qoplash uchun subsidiya ajratilgan.
Oxirgi olti yilda mamlakatimiz bo`yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko`p uy-joylar qurildi.
Yana bir misol, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan xotin-qizlar ijara huquqi asosida ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilmoqda. Jumladan, uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan to`lanadigan oylik ijara to`lovining 50 foizi “Ayollar daftari” jamg`armasi hamda davlat mablag`lari hisobidan qoplab berilmoqda.
Ushbu normaning belgilanishi har bir fuqaro, ayniqsa yosh oilalarning o`z xonadoniga ega bo`lishi uning mehnat samaradorligiga, o`qish imkoniyatlariga, samarali dam olishiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, shaxsning ijtimoiy barqarorligi va hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Muhsinjon Xolmuxamedov, Iqtisodiy tadqiqotlar va
islohotlar markazi direktori o`rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi






