11 aprel kuni Namangan shahri O`zbekiston ko`chasidagi xonadonda yashovchi 34 yoshli erkak voyaga etmagan qizni zo`rlab, qochib ketgani uchun qidirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
U joriy yilning 1 aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bog`ida voyaga etmagan qizni uyiga olib borib qo`yishini aytib aldab, noma`lum manzildagi xonadonga olib borib, zo`rlik ishlatib nomusiga tekkan. So`ng voqea joyidan qochib ketgan.
Ushbu holatlardan keyin Namangan viloyati IIB bu pedofilni topish uchun qidiruv e`lon qilgan.
Voyaga etmagan qizning nomusiga tekkan Sherzod Umarov joriy yilning 12 aprel kuni o`zi yashagan hudud ya`ni Namangan shahri "O`zbekiston" ko`chasida joylashgan yashash xonadonining erto`lasidan topilgan.
Hozirda ushbu shaxs qamoqqa olingan.
Ma`lumot uchun, holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
IIVning ma`lum qilishicha, ushbu fuqaro muqaddam 5 marta sudlangan, ruhiy kasal hamda nihoyatda tajovuzkor.






