Qozog`istonning Atirau viloyatida to`rt yil avval bedarak yo`qolgan o`zbekistonlik topildi. U Qozog`istonga 2017 yilda kelgan va 2019 yildan beri bedarak yo`qolganlar qatorida edi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.
Atirau viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, «Migrant» tadbiri davomida mamlakatning migrasiya qonunchiligini buzgan xorijliklar aniqlangan.
«Bunday tadbirning bir qancha maqsadlari bor. Avvalo, migrasiya qoidalarini buzgan chet el fuqarolari aniqlanadi. Ikkinchidan, ularning mamlakat hududida noqonuniy harakatlanishining oldini olish, uchinchidan, Qozog`iston hududini mustaqil ravishda tark etish to`g`risidagi sud qarorlarini bajarmagan xorijliklarni aniqlash ko`zda tutilgan.
«Migrant» tezkor-profilaktika tadbiri davomida Atirau shahar IIB Migrasiya xizmati bo`limi xodimlari tomonidan 2019 yildan buyon qidiruvda bo`lgan 1975 yilda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi aniqlandi. Fuqaro Qozog`iston hududiga 2017 yilda ish yuzasidan kelgan. 2019 yildan beri u Nukusdagi qarindoshlari bilan aloqani uzgan. Shu sababli uning qarindoshlari Nukus shahar ichki ishlar bo`limiga murojaat qilishgan. Shu tariqa xorij fuqarosi o`z mamlakatida bedarak yo`qolganlar ro`yxatiga kiritiladi», – deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.
Hozir polisiya xodimlari 48 yoshli xorijlikning kimligini aniqlash va uni o`z mamlakatiga qaytarish uchun tegishli hujjatlar ro`yxatini yig`ishmoqda. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi PB qarashli qabul qilish va tarqatish bo`limiga joylashtirilgan






