Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga uchib keldi. Uni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov kutib oldi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yil 13 aprel kuni Samarqandda Afg`onistonga qo`shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo`lib o`tadi.
Shuningdek, 14 aprelda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.






