Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand shahriga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
U ertaga, 13 aprel kuni Samarqandda bo`lib o`tadigan Afg`onistonga qo`shni davlatlar vazirlarining IV konferensiyasida ishtirok etadi.
Tadbirda Afg`oniston yo`nalishi bo`yicha ishtirokchi davlatlarning pozisiyalarini kelishish rejalashtirilgan.






