AsosiyJamiyat

Samarqandda yosh bolani urib, qovurg`alarini sindirgan enagaga hukm o`qildi (video)

'Samarqandda yosh bolani urib, qovurg`alarini sindirgan enagaga hukm o`qildi (video)'ning rasmi

Samarqand shahrida o`ziga ishonib topshirilgan bolani urib, qovurg`alarini sindirgan enagaga sud hukmi o`qildi. Bu haqda Zamon informasion dasturida ma`lum qilindi.

Xabarga ko`ra, asli urgutlik bo`lgan 37 yoshli sudlanuvchi Samarqand shahrida ijarada yashab, o`zi bilan birga yashagan tanishining farzandiga enagalik qilishga kelishgan. Evaziga ijara pulining yarmini to`lamasligini aytgan. Sudlanuvchi hali voyaga etmagan bolaning sho`xliklarini ko`tara olmagan va uni urib-do`pposlab kelgan. 

 

“Balki onasidagi alamimni undan olgim keldimi, balki farzandsizligim menga ta`sir qildimi, nega hammaga beradi, menga bermaydi, dedim. Hamma narsani o`yladim. Bir marta urdim, lekin yaxshigina urdim. Qo`lidan, qornidan chimchiladim, yuziga, dumbasiga urdim”, — deydi sudlanuvchi.

 

Shuningdek, aybini yashirish maqsadida bolani davolab berish evaziga 500 ming so`m berishini aytib, uni boshqa dugonasiga berib yuborgan. Ayol farzandi qiynalib nafas olayotganini ko`rgach, uni shifoxonaga olib borgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida bolaning chap yuz yonoq va burun sohalarida shilinma, ko`krak va ikkala qo`l-oyoqlarida jarohatlar aniqlangan.

Qovurg`alarining sinishi kabi jarohatlar hayot uchun o`ta xavfli bo`lgan tan jarohatlar, deya baholangan va u o`tmas jismlar ta`sirida etkazilgani ko`rsatilgan. 

Ma`lum qilinishicha, ayol Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

    Boshqa yangiliklar