Avvalroq, Namanganda 34 yoshli shaxs voyaga etmagan qizni zo`rlab, nomusiga tegishda gumonlanib qidiruvga berilgani haqida xabar bergan edik.
IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruv e`lon qilingan Sh.U. joriy yilning 12 aprel kuni Namangan shahri "O`zbekiston" ko`chasida joylashgan yashash xonadonining erto`lasidan topilgan.
"Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo`llanilgan" deyiladi xabarda.






