Toshkentda bo`lib o`tayotgan “O`zbekiston Sog`liqni saqlash tizimi transformasiyasi” mavzusidagi xalqaro forumda sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov anjumandan ko`zlangan maqsad tibbiyot tizimiga sarmoya jalb qilish, balki sog`liqni saqlash sohasiga innovasiya joriy etish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga yordam beradigan sheriklikning yangi shakllarini rivojlantirishdan iborat ekanini ta`kidladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Vazir investor va tadbirkorlarga qator loyihalarni taklif qildi. Jumladan, 170 tuman va shahar tibbiyot birlashmalari laboratoriya xizmatini autsorsingga berishga tayyor. Respublika bo`yicha 14 ta tug`ruq majmuasi bino va inshooti er maydoni bilan birga nol qiymatda investorga, ishonchli boshqaruvga beriladi. Joriy yil 11 hududda gemodializ xizmati davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga o`tadi. DXSh yo`li bilan respublikamizning har bir hududida 1000-1500 o`rinli ko`p tarmoqli shifoxonalar barpo etiladi.






