Rossiya xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi federal loyihasi rahbari Vitaliy Borodin bosh prokuraturaga Liya Axedjakova ustidan arz qildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
U aktrisani xorijiy agent deb tan olishni talab qilgan.
Borodinning so`zlariga ko`ra, "Ishdagi ishq" yulduzi Rossiyada yashab turib, Ukraina OAVga intervyu berib, ukrainaparast qiyofasida gavdalangan.
U Liya Axedjakovaga nisbatan 3 ta, jumladan davlatga xiyonat bo`yicha jinoiy ish qo`zg`ash kerakligini aytmoqda. Shuningdek, u aktrisani davlat mukofotlari va faxriy unvonlaridan mahrum qilishni so`ragan.
Fevral oyida Liya Axedjakova "Sovremennik" teatridagi ishidan ayrilgan edi. 84 yoshli aktrisa Rossiyadan ketish istagi yo`qligini bildirgan.






