AsosiyJamiyat

Toshkentda devorlardagi ikki mingga yaqin "narkograffiti" yozuvlar o`chirildi

'Toshkentda devorlardagi  ikki mingga yaqin "narkograffiti" yozuvlar o`chirildi'ning rasmi

Jinoyatchilar  giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning sotuvchidan xaridorgacha etkazib berishda internet-do`konlarining veb-sayt manzillari tasvirlangan graffiti usulida yoki QR-kodli varaqalar tarqatish yo`li bilan reklama qilishmoqda.

Toshkent hududida olib borilayotgan “Dolzarb 15 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida 6-10 aprel kunlari 102 ta noqonuniy holatlari aniqlanib, ularga chek qo`yilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan moddalarning umumiy miqdori 384,7 grammni tashkil etdi, shundan 192,02 gramm giyohvandlik vositalari, 192,68 gramm sintetik moddalardir. Tadbir davomida 701 dona kuchli ta`sir etuvchi vositalar aniqlanib, o`rnatilgan tartibda olib qo`yilgan.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yashirish orqali sotish (“Zakladka”) bilan bog`liq 74 ta xolat aniqlandi.

1 775 tadan ortiq "narkograffiti" yozuvlar aniqlanib, barchasi o`chirtirildi. Bu yo`nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar