AsosiyJamiyat

Bugun harorat 33 daradajacha ko`tariladi

'Bugun harorat 33 daradajacha ko`tariladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat 22-27°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 30-33° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo`ladi.

Tog`oldi va tog `li hududlarda Farg`ona vodiysi viloyatlarining ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar